Islom tarixida Qutayba ibn Muslim

Shayx hazratlari, hurmatli ustoz! Men bu savolni avvalroq ham bergan edim. Menga javobi o‘ta muhim bo‘lgani uchun takror yozyapman. Buning uchun uzr so‘rayman.Sizga avvalroq bir muxlisingiz tomonidan Qutayba ibn Muslim haqida berilgan savolga javob berayotib, u kishinig Samarqand fathi asnosidagi adolati to‘g‘risida bir voqeani keltirib o‘tgandingiz. Agar mumkin bo‘lsa menga o‘sha voqeaning manbasini aytsangiz. O‘zi ustozlar bir narsani aytsa ulardan manbasini so‘rash odobdan emas. Ammo gap shundaki, men O‘rta Osiyoga Islom dini kirib kelishi borasida dissertatsiya yoqlamoqchiman. Mendagi mavjud turli tillardagi (hatto arab tilidagi) manbalarda arablarning, xususan Qutayba ibn Muslimning bu yurtlarda qilgan vahshiyligu-yu, to‘kkan qonlari haqida ma‘mulotlar beriladi. Mening esa buning aksini isbotlagim keladi, biroq buning uchun menda ma‘lumot afsuski, yo‘q. Shuning uchun bu borada menga qaerdan manba topishim mumkinligi haqida ko‘mak bersangiz cheksiz xursand bo‘lardim.Sizga Allohdan sihhat-salomatlik, ofiyat va faoliyatingizda barokat tilab Shogirdingiz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qutayba ibn Muslim va Samarqand ahli orasidagi hodisani “Ad-Davlatul Umaviyyaya va avomilul izdihori va tada’iyot inhiyori” kitobining 12 – juzning 317 – betidan topasiz. - Siz aytgan mavzu’da islom tarixi haqidagi arab tilidagi kitoblarning ko‘pida ma’lumotlar mavjud.

27 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 198 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar