Admin javobgarmi?

Assalomu alaykum! Hozir telegramda islomiy savol javob guruhlari ko‘payib ketdi. Shunaqa islomiy savol javob guruhlarida har xil bekorchilik, bir xil uyatro narsa tashlansa(admin bilmi qolsa, va mundoq qarasa turibdi lekin o‘chirvoriladi) yoki savollarga noto‘g‘ri javob berganida admin javobgarmi? Lekin admin "Savollarga javobni dalili bilan keltirila, yoki javobni Zikr ahlidan so‘rang saytidan olib hujjat keltirila", desa va ular bunga unchalik e’tibor bermasa shunda ham admin javobgarmi? Yoki guruhda faqat Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallamning siyratlari haqida bo‘lsa shu savol javoblarda xato qilsa gunoh emasmi shu qatori Sahobalar mavzusida ham. Fiqh va aqidadan savol-javob qilmasa chunki bu ikki mavzuda odamlar o‘zicha gapiradigan narsa emas. Shunday bo‘lsa joizmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Admin ham qilgan ishiga javobgar bo‘ladi. Shuning uchun ham xabardor ham xushyor bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri narsani tarqatib qo‘ygani uchun gunohiga sherik bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar