Emlash kalendari vaksinalari

Assalomu alaykum! Savollar.islom.uz saytida bolalarga emlash zarurati to‘g‘risida javoblar berilgan ekan. Shuningdek bu mavzuda "Butun dunyo musulmon ulamolar kengashining yosh bolalarni shol bo‘lishiga qarshi emlash haqidagi bayonnomasi"ni topdim. https://fiqh.uz/maqola/512. Savol: bugungi kunda profilaktik emlashlar kalendariga muvofiq bolalarga uriladigan barcha turdagi vaksinalar tarkibiy ishonchlilik, xavfsizlik bo‘yicha ushbu berilgan fatvoga mos keladimi? Ya’ni ushbu fatvoga asoslanib, barcha turdagi vaksinalarni olish joizligi va lozimligini tushunushimiz mumkinmi? Ushbu masala bo‘yicha berilgan javoblarda tegishli fatvo saytga joylanganligi habari berilgan. Ammo men yuqorida havolasi keltirilgan ma‘lumotdan boshqa fatvo topmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ko‘rgan u maqoladagi fatvo Butun dunyo musulmon ulamolari kengashining 2003-yildagi Arab davlatlaridagi emlashlar haqida chiqargan qarorlari bo‘ladi. Bizni yurtlardagi emlash vaktsinalariga mos kelishini biz bilmaymiz. Vallohu a’lam!

28 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 197 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar