To‘ydan oldin nikoh o‘qittirish
Assalomu alaykum! To‘ydan 2 oy avval nikoh o‘qitish mumkinmi? Bir tanishim "To‘ydan 3 kun oldin nikoh o‘qittirish kerak undan avval o‘qitib bo‘lmaydi" deb aytayapti. Hozirda hamma doktorlarga, zaksga birga boradi. Shunday vaqtda yoshlar ko‘rishishganda ularni o‘rtasida nikoh bo‘lmasa bunday uchrashuvlar ham gunoh sanaladiku. Shuning sababidan avval nikoh o‘qitib olsa bo‘ladimi? Bir tanishimiz "To‘ydan 6 oy oldingacha o‘qitish mumkin. Sharti shunaqa, shunday fatvo bor!" dedi. Shunday fatvo xaqiqatdan ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Doktorlarga birga yonma-yon borish shart emas. Qiz o‘z mahramlari yoki biror ayol qarindoshi bilan birga borsa bo‘ladi. Qolaversa ular xilvatda yolg‘iz ham qolishmaydi. Fatvoni borligini biz bilmaymiz. To‘ydan oldin nikohlatib olganda ko‘p noqulayliklar bo‘lgani uchun tavsiyamiz urfdagidek yo‘l tutinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 196 | Oila va turmush