Tugun oshi va shunga o‘xshash amallar

Assalomu alaykum! Xali xanuz ba’zi insonlar tugun oshi, qandaydir narsalarga atab ba’zi kundari maxsus taomlar tayyorlab qo‘shnilariga tarqatishadi. Allohga shukur bizning oilada bunday ishlar qilinmaydi. Ammo ba’zi qo‘shnidarimizda bunday odatlar xali xam bor. Savolim shuki, agar qo‘shnilarimizdan biri "Tugun oshi" deb taom olib chiqsa bu taomni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda tugun oshi degan amal yo‘q. Rizqning kengayishiga bu kabi taomlarning aloqasi ham yo‘q. Bunday odatlarni to‘xtatish kerak. Tayyorlab bo‘lgan bo‘lsa, undan eyishni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

4 Iyun 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar