Musofir bo‘lamanmi?

Assalomu alaykum! Men hozir Toshkentda institutda o‘qiyman. Lekin har hafta Samarqandga borib kelaman. Shu sababli men musofir bo‘lamanmi? Yoki 4 yil o‘qishim aniq bo‘lganligi uchun muqim bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi ulamolar siz kabilarni muqim bo‘ladi deb hukm qilganlar. Lekin jumhur ulamolarning nazdlarida siz musofir hisoblanasiz. Shuning uchun imomgarchilikka o‘tishda ehtiyot bo‘lganingiz afzal. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar