Namoz, sakinat, zikr
Assalomu alaykum! Yoshim 20 da, hozir 3 kurs talabasiman. Meni otam Rossiyani bir nufusli oliygohiga o‘qishga kirgizdi. Aslida pora bilan yane 1000 dollor evaziga. Men oldin islomdan uzoq edim. Alloh hidoyat berib namoz o‘qishni boshladim. Va islomni amallarini asta sekin qila boshladim. Ӯqishdan stependiya olardim. Boshida islomga juda qiziqib amal qilishdan qalbim va tanam rohatlanardi. Musiqa va shunga o‘hshagan fahsh narsalarni tark qildim. Shariatga hilof ishlarni birin ketin tark qildim. Ammo stependiya olar edim. Pora bilan kirganligim uchun halolmi harommi bilmas edim. Ammo o‘sha pulga egulik olardim va hojatimga ishlatardim. Namozlarni umuman qazo qilmasdan. Va namozga erinmasdan o‘qirdim. Qalbimda halovat bor edi. Ammo ming afsuski xozir unaqa axvolda emasman. Namozlarim bazida qazo, bazida kech o‘qilgan, bazida esa tez va adashib o‘qilgan. Qalbimda halovat yo‘q. Hayotim umuman izdan chiqqan. Ӯqishim ham yaxshimas. Otamni esa rozi qila olganligim yo‘q. Otam yaxshi o‘qib yaxshi odam bo‘lishimni istaydi. Ammo men pora bilan kirgan o‘qishda o‘qish niyatim yo‘q. Ammo otamga o‘qishni tashlashimni aytdim, otam esa tashlamaysan dedi. Otamdan qo‘rqaman. Ustozlar qalbimda sakinat umuman yo‘q. Yashagim kelmaydi. Gunohga botganman. To‘g‘ri Alloh kechirguvchi marxamatli zot. Lekin halol yashab gunohlardan tiyila olmasam bu yashash tatirmidi. Ustozlar yo‘l ko‘rsatizlar nima qilay. Otam qarshi bo‘lsa ham o‘qishimni tashlayinmi? 2.Iymonim sustlashib ketgan. Bilaman harom eganimga shunaqa bo‘lgan yane stependiya. Ӯzimni qanday istloh qilay. Bu gunohlardan qanday qutilay? Yane bazi islomda harom qilingan gunoxlardan. 3.Qalbimda sakinat yo‘q. Qanday sakinat kiritsam bo‘ladi? Qaysi duoni o‘qisam qalbimga sakinat kiradi? Ӯsha duoni o‘rgatizlar. 4. Gunohlarim ko‘pligidanmi ramazon oyi kirgandan beri. Har kuni bir o‘y Alloh qachon jonimni olarkan degan. Gunohlarim ko‘p. Namozlarim chala. Na Quron o‘qishni bilaman, na bir yaxshi amal. Ramazon ham chiqdi. Ammo hali ham o‘lishni istashlik har kuni hayolimga keladi. Bu nimadan bo‘lishligi mumkin? 5. Alloh gunohlarimni af etishini xoxlayman. Qanday amal qilishim kerakki zora Alloh gunohlarimni kechirim namozlarimda qalbimda xuzir bo‘lsa. Bu uchun qanday amalni qilishimizni buyurgan dinimiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qishni davom ettiring. Taqvoli, ibodatga mustahkam va shijoatli kishilarni topib do‘st tutining. Siz uchun eng oson yo‘l shu. Vallohu a’lam!
7 Iyun 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qishni davom ettiring. Taqvoli, ibodatga mustahkam va shijoatli kishilarni topib do‘st tutining. Siz uchun eng oson yo‘l shu. Vallohu a’lam!
7 Iyun 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar