Namoz kitobi 5 juz

Assalomu alaykum! “Zikr ahli” Namoz 5 juzi kitobining 284-betida 14. Fotihadan so‘ng o‘qiladigan sura bomdod va peshinda tivoli mufassal, asr va xuftonda avsati mufassal, shomda qisordan bo‘lishi. Bunga izoh bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hujurotdan Burujgacha tivoli mufassaldir. Undan «Lam yakun»gacha avsati mufassaldir. Undan Qur’onning oxirigacha qisori mufassaldir. ("Kifoya" kitobidan).
Mufassal deb, “Bissmillahir Rohmaanir Rohiym” bilan oralarini ko‘p-ko‘p ajratilgan suralarga aytiladi. Tivol deb uzun suralar, avsat o‘rtacha suralar, qisor esa kichkina suralarga aytiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar