Sherikchilik

Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin. Savolim quyidagicha, kasbim ustachilik, o‘zimni ustam bilan sherikchilikda ishlayotgan edik. Do‘stimni xonadoniga ishlashga tushdik. Do‘stim ish haqqini yarimidan ko‘pini oldindan berib, ozginasi qoldi. Biz pulni teng yarimidan bo‘lishib oldik. Lekin ustam bor yo‘g‘i 4 kun ishlab so‘ng «do‘stim boshqa ish taklif qilyapti shuni ko‘rib gaplashib kelay. Ustachilikdan boshqa ishda ham o‘zmni sinab ko‘ray. Bunaqa vaziyat har doyim ham bo‘lavermaydi» deb Termizga ketdi. Termizga ketishini mendan iloji boricha yashirishga harakat qildi, lekin men sezib qoldim. Shunda aytishga majbur bo‘ldi. Yo‘qsa aytmasdan yo‘l olvotudi. Ishga tushganimizga 9 kun bo‘ldi. Yana 5 kuncha ishimiz bor. Menimcha uyni bitirgunimizgacha ustam kelmasa kerak deb o‘ylayapman. Agar kelmasa biz bo‘lishib olgan pul ustam uchun halolmi? Axir sherikchilik bo‘lgandan keyin birga ishlash keraku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda kishi foydaga haqdor bo‘lishi uchun uch narsa shart. Biri pul tikishi kerak, pul tikmasa ishlashi kerak, ishlamasa zararga kirganda to‘lashning kafolatini olishi kerak. Buni zomin bo‘lish  deyiladi. Bularning birortasi topilmasa foydaga haqdor bo‘lmaydi. Agar ustangiz ishga javobgar bo‘lsa, ishlamasada haq olishi joiz. Agar “men ishlamaganman javob ham bermayman” desa haq olishga ham haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar