Benamozga zakot

Assalomu alaykum! Men ishxonamizdagi bir bechora ayolga zakotimni berar edim. U ayol musulmon lekin namoz o‘qimaydi. Shu qilgan ishim joizmi? Eshitishimcha namoz o‘qimaydiganga zakot berib bo‘lmas ekan, shunga ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda “namoz o‘qimaydiganga zakot berib bo‘lmas ekan” degan gap yo‘q. Lekin zakotingizni muhtoj hamda pokiza insonlar egani yaxshi. U ayolni ham shunday bo‘lishga targ‘ib qiling. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar