Qiyomat kunida insonlarining 3 toifasi

Assalomu alaykum! Abu Xomid G‘azzoliy xazratlarining "Jannatga yul yoki Qiyomat xabarlari" kitobining 182 betida qiyomatda insonlar 3 guruxga bulinishi: 1-muminlar, 2-kofirlar va 3- munofiqlar va ularga uch xil soya kelishi bayon etilgan. Bunda Voqi’a surasi 4 - 10 oyatlardan foydalanilgan. Lekin suraning 10 oyatida 3 guruxni xaqiqiy peshqadamlar Jannat ne’matlariga erishgan zotlar deb yozilgan. Va buni tasdig‘ini Xazratimizning "Tafsiri xilol" kitoblaridan uqidim. U erda shu suraning tafsiriga Qiyomatda insonlar 3 guruxga bulinadi: 1-Arshning ung tarafida turuvchilar (Jannat axli), 2-Arshning chap tarafida turuvchilar (duzax axli) va 3 - Arshning ruparasida turuvchilar (payg‘ambarlar, siddiqlar va shaxidlar) deb yozilgan. Savolim shuki, Abu Xomid G‘azzoliy kitobidagi bu talqin to‘g‘rimi yoki men xato tushundimmi? Agar xatolik ketgan bulsa, shu kitobni ukigan kitobxon boshka bir tanishiga Qiyomatda insonlar shu guruxlarga bulinarkan deb noto‘g‘ri malumotni tarqatishi mumkin buladi. Iltimos shuni aniklashtirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular o‘rtasida ziddiyat yo‘q. Vallohu a’lam!

9 Iyun 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 217 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar