Haji badal qildirish
Assalomu alaykum! 1). Bugungi kunda haj badal qildirishga shariatimizda ruhsat berilgan bo‘lsa, qaysi ishonchli idora yoki muassasaga murojat qilgan holda bu ishni amalga oshirsa bo‘ladi?
2). Bu yili inshaolloh hajga ketadigan vatandoshlarimiz orasida borishga moliyaviy imkoniyati bo‘la turib ammo sog‘lig‘i ko‘tarmaydigan insonlar uchun haj badal qildirish mumkunmi?
3). Olamdan o‘tgan inson uchun ham farzandlari yoki yaqinlari tarafidan u insonni haj badal qildirish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Unday muassasa borligi haqida xabarimiz yo‘q. 2). HAJJI BADAL عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَتِ امْرَأَةٌ مِنْ خَثْعَمَ فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّ فَرِيضَةَ اللهِ عَلَى عِبَادِهِ فِي الْحَجِّ أَدْرَكَتْ أَبِي شَيْخًا كَبِيرًا لَا يَثْبُتُ عَلَى الرَّاحِلَةِ، أَفَأَحُجُّ عَنْهُ؟ قَالَ: نَعَمْ، وَذَلِكَ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Xas’amlik bir ayol kelib: «Ey Allohning Rasuli! Allohning bandalarga farz qilgan haji otamga u o‘ta qarib, ulov ustida tura olmaydigan bo‘lganida etdi. Men uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Ha», dedilar. Bu voqea vidolashuv hajida bo‘lgan edi». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharif shariatga «hajji badal» degan tushunchaning kiritilishiga sabab bo‘lgan. U muhaddislar va fuqaholar orasida «xas’amiya hadisi» nomi bilan mashhur. Ulamolar gapni qisqa qilish maqsadida hadisning matnini qayta-qayta takrorlab o‘tirmay, «xas’amiya hadisi»da kelganidek, deb gapni davom ettiraveradilar. Hadisi sharifda zikri kelayotgan hodisa Payg‘ambarimiz alayhissalom Minoda ortlariga Fazl ibn Abbos roziyallohu anhuni mingashtirib ketayotganlarida sodir bo‘lgan. Xas’am qabilasidan bo‘lgan o‘sha sahobiya ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llarini to‘sib chiqqan va tuyalarining jilovidan ushlab turib, rivoyatda kelgan savolni bergan. Nabiy alayhissalomning u ayolga bergan javoblaridan haj qilish imkoniga ega bo‘lmagan odamning nomidan boshqa bir kishi haj ibodatini ado etishi mumkinligi kelib chiqadi. وَعَنْهُ قَالَ: سَمِعَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلًا يَقُولُ: لَبَّيْكَ عَنْ شُبْرُمَةَ، قَالَ: مَنْ شُبْرُمَةُ؟ قَالَ: أَخٌ لِي أَوْ قَرِيبٌ لِي، قَالَ: حَجَجْتَ عَنْ نَفْسِكَ؟ قَالَ: لَا، قَالَ: حُجَّ عَنْ نَفْسِكَ ثُمَّ حُجَّ عَنْ شُبْرُمَةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالبَيْهَقِيُّ وَصَحَّحَاهُ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishining «Shubrumaning nomidan labbayka!» deb aytayotganini eshitib: «Shubruma kim?» dedilar. «Mening akam yoki yaqinim», dedi. «O‘zing haj qilganmisan?» dedilar. «Yo‘q», dedi. «Avval o‘zing haj qil. So‘ngra Shubrumaning nomidan haj qil», dedilar». Abu Dovud, Ibn Hibbon va Bayhaqiy rivoyat qilganlar. Ibn Hibbon va Bayhaqiy sahih, deganlar. Sharh: Bu hadisi sharifdan birovning nomidan hajji badal qiluvchi kishi avval o‘zining hajini ado qilgan bo‘lishi shartligi ma’lum bo‘ladi. O‘zining farz hajini ado qilmagan odam birovning nomidan haj qilishi mumkin emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). 3). Marhumning hajji badali qaerdan ado etiladi? Zimmasiga haj farz bo‘lgan kishiga uni (hajni) ado etishidan oldin o‘lim kelib qoldi. U o‘limi oldidan merosxo‘rlariga hajji badal qildirishlari haqida vasiyat qildi. Agar marhumdan qolgan tarikaning (merosning) uchdan bir qismi uning vatanidan haj qilishga odam jo‘natish uchun etsa, u holda o‘sha erdan (marhumning vatanidan) hajji badal qildirish lozim bo‘ladi. Boshqa joydan jo‘natish joiz emas ("Raddul muhtor"). Bu marhum vasiyat qilganida uning molidan hajji badalga sarflashdadir. Ular mana shu shartlarni mulohaza qilishlari zarur. Agar merosxo‘rlar marhum hajji badal qilidirishni vasiyat qilmasidan o‘z ixtiyorlari va o‘z mollaridan hajji badal qildirmoqchi bo‘lishsa, marhumning vatanidan hajji badal qildirish afzal. Boshqa yurtdan turib qildirsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar