Yomg‘ir yoqqanida

Assalomu alaykum! Yoshlik chog‘imda onajonim yomg‘ir yog‘sa tahorat olib chin dildan niyat qil, yomg‘ir yoqqanda osmon eshiklari ochiladi der edilar. Lekin hech bir kitobda bu so‘zlarni uchratmadim. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtida duolar ijobat bo‘lishi bor gap. سهل بن سعد مرفوعاً : أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : ثنتان ما تردان : الدعاء عند النداء، وتحت المطر. رواه الحاكم في المستدرك والطبراني في المعجم الكبير Sahl ibn Sa’ad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : «Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Ikki narsa qaytarilmaydi. Azon va yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtidagi duo” dedilar».(Hokim “Mustadrak”larida Tabaroniy “al-Mu’jamul kabir”da rivoyat qilganlar). عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه أنه قال : أَصَابَنَا وَنَحْنُ مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَطَرٌ، قَالَ : فَحَسَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثَوْبَهُ، حَتَّى أَصَابَهُ مِنَ الْمَطَرِ، فَقُلْنَا : يَا رَسُولَ اللهِ لِمَ صَنَعْتَ هَذَا ؟ قَالَ :لِأَنَّهُ حَدِيثُ عَهْدٍ بِرَبِّهِ تَعَالَى. رواه مسلم Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birgaligimizda yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini shimardilar, badanlariga yomg‘irdan tegdi. “Nega bunday qildingiz yo Rasululloh” dedik. “Chunki u robbisi taolodan yangi(ne’mat)dir” dedilar». Muslim rivoyati. Yomg‘ir rahmat va ne’matdir. Ikkisi yog‘ilgan vaqtda duolar mustajob bo‘lishi ko‘plab hadislarda zikr qilingan. Bu hadislar sahih hadislardir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 171 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar