Namozga tahorat
Assalomu alaykum! Savolni etkazishimni so‘rashgan edi. Savol: Yaqin kunlarda ko‘zimni operatsiya qilishadi. Operatsiyadan so‘ng pastga qarash, egilish, yuvinish mumkin emas ekan. Namozga tayammum qilib o‘qisam bo‘ladimi? Namozni o‘tirib o‘qisam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat! Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tayammum qilmay, agar tahoratda suv zarar qilsa ko‘z va uning atrofiga mash tortib, qolgan a’zolarni yuvishingiz shart bo‘ladi. Tik turishga qodir bo‘lsangiz tik turib, ruku’ sajdani ishora bilan o‘qishingiz kerak bo‘ladi. Tik turishga qodir bo‘lmasangiz qodir bo‘lganizcha o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar