Ona xaqida

Assalomu alaykum! Mening yoshim 20 da, men xozir musofirdaman! Mening onam xam chet elda yuribdi, lekin dadam uyda dadamni roziligisiz onam ketganlar chet elga. Onam bilan kam gaplashib turardim, u meni ko‘pincha kamsitib dadanga o‘xshaysan sening oilang unday-bunday dadanga o‘xshab dangasasan deb xaqorat qilardi, dadam xam onamdan norozilar, chunki onam allaqachon gunoxdan qo‘rqmaydigan bo‘lib ketganlar zino qilganlari bizlargacha etib keldi, men shularni aytsam "sen meni ishimga aralashma xoxlaganimni qilaman - shu gaping uchun men sendan rozi emasman, o‘lib ketsang xam baribir" dedilar, onam shunchalar gunoxkor bo‘la turib qarg‘asa o‘tadimi? Yana bir tarafdan men dayus bo‘lib qolmaymanmi? Agar onamni qarg‘ishi o‘tsa va men uni zinokorligi uchun dayus bo‘lib jaxannamga kiradigan bo‘lsam men musulmon bo‘lib o‘tdim nima-yu ateist yoki nasroniy bo‘lib o‘tdim nima? Shuning uchun men nasroniylikni qabul qilmoqchiman! Onamni esa yo‘lga solib bo‘lmaydi, xamr ichadilar xatto oshkora! Menga qandaydir yo‘l bormi? Agar yo‘q bo‘lsa men umuman o‘zgarib boshqa dinni qabul qilib xatto uzimni o‘ldirishgacha xam borishim mumkin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dayus deb ahlini fahsh ustida ko‘ra turib inkor qilmagan kimsaga aytiladi. Siz onangizni o‘sha holini iqror qilmay, rozi bo‘lmay turgan bo‘lsangiz aslo dayus hisoblanmaysiz. Alloh taolo bandalarini toqatidan ortig‘iga buyurmaydi. Dinni mahkam tuting. Vallohu a’lam!

16 Iyun 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar