Namoz o‘qib bo‘lmaydigan joy

Assalomu alaykum! Bir tanishimni mashinasidan eshitib qoldim. Ikki joyda namoz o‘qib bo‘lmas ekan. Hammom va qabristonda. Hammomda avvaldan namoz o‘qib bo‘lmasligini bilardik. Qabristonda dedilar va sababini aytmadilar. Nega qabristonda namoz o‘qib bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabristonda qabrga yuzlanib namoz o‘qib bo‘lmaydi. Yonida, to‘siq orqasida o‘qish joiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar