Gunoxmi yo gunox emasmi

Assalomu alaykum! Men taksi xaydovchisiman. Bir inson taksi zakaz qildi va men u bilan yo‘l davomida gaplashib ketdim u menga ish taklif qildi xar kuni chaqiraman va bizni aytgan joylarimizga olib yurasan pulini beraman dedi. Undan nima ish kilishini so‘raganimda pastel belyo sotaman orzon olib ustiga bir necha barobar qo‘yib dedi. U qilayotgan ishi xarom, islomga zid deb o‘ylayman. Postel belyolar o‘zimizni O‘zbekistonniki, lekin Turkiyaniki deb etiketka yopishtirib narxlarni yolg‘ondan yopishtirib sotar ekan. Men ularga xaydovchi taksist bo‘lib yurganim uchun ularga sherik bo‘lib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha yolg‘oniga  yordam bergan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar