Namoz o‘qiyotganda oldida odam uxlasa
Assalomu alaykum! Biz Moskvada ishlemiz, bitta uyda 10kishi yashaymiz, 4 oydan beri nomozni o‘rganib o‘qib kelayotgan edim, meni ko‘rib uydagi bollar xam qiziqib nomozni o‘rgatishimni so‘rashdi, qo‘limdan kelganicha Allohim qodir qilganicha o‘rgatdim va xozirda 7 kishi bo‘lib o‘qiyapmiz, Alxamdulillax... Agar biz yonma yon tursak (kiblaga yuzlanib)sig‘amizu, lekin old tomonimizda 2ta 2 qavatlik karavatda bollar uxlashadi (ular o‘qishmaydi). Agar orqama orqa tursak qiblaga teskari bo‘lib qolamiz shunda qanday yo‘l tutaylik? 2) Men maxsini taxorat bilan kiyishni manbadan topib bilib oldim, maxsini ipsiz sapog(rezinali)bilan kiyaman, shunda toxorat singanida oyoq yuviladimi yo rezina sapogimga masx tortsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oldingizda uxlaganlarni hech qanday zarari yo‘q. 2). Sapogga ham mash tortish joiz, lekin sapog mahsi darajasida bo‘lishi kerak. Oshiqdan teparoqda bo‘lishi shart. Masalan kazonniy, piyma etiklarga mash tortish joiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 160 | Namoz