Uyqudan oldin paxta

Assalomu alaykum! Uyqudan oldin siydik chiqadigan yo‘lga paxta tiqib olsa bo‘ladimi, maziy chiqmasligi uchun? 2) Agar mumkin bo‘lsa, paxta tiqqanda maniy chiqmoxchi bo‘lsa katta ehtimol bilan maniy paxtani to‘ldirib tashqariga chiqib ketish ehtimoli bor, lekin maniy yoki maziy paxtadan tashqariga chiqmagunicha g‘usl vojib bo‘lmaydimi? 3) Agar shu holatda maniy chiqmasa va uyqudan turib bavl qilsa ushanda maniy yoki maziy chiqsa g‘usl vojib bo‘ladimi, va biz buni qanday bilamiz misol uchun buni vadiy deb ham o‘ylashimiz mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sog‘liqqa zarar etishi mumkin bo‘lsa unday qilmaslik lozim. 2). Maniy zakar tashqariga chiqsagina g‘usl vojib bo‘ladi. 3) ولا يجب الغسل اتفاقا فيما إذا تيقن أنه ودي تذكر الاحتلام أو لا أو شك أنه مذي أو ودي ولم يتذكر الاحتلام أو تيقن أنه مذي ولم يتذكر الاحتلام ، ويجب الغسل عندهما لا عند أبي يوسف فيما إذا شك أنه مني أو مذي أو مني أو ودي ولم يتذكر الاحتلام فيهما  Ushbu holatlarda bil ittifoq g‘usl vojib emas:
- tush ko‘rganini eslay olsa ham, eslay olmasa ham, agar (chiqqan narsa) vadiy ekanini aniq bilsa;
- (chiqqan narsa) maziy yoki vadiy ekanida shak qilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa;
- (chiqqan narsa) maziy ekanini aniq bilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa.
Ushbu holatlarda ular(Abu Hanifa va Muhammad rohmatullohi alayhimo)ning nazdida g‘usl vojib bo‘ladi, Abu Yusuf (rohmatullohi alayhi)ning nazdida vojib bo‘lmaydi:
- (chiqqan narsa) maniy yoki maziy ekanida shak qilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa;
- (chiqqan narsa) maniy yoki vadiy ekanida shak qilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa. (Bahrur roiq). Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 221 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar