Kasallik varaqasi haqida
Assalomu alaykum! Men 25 yildan beri shifokor bo‘lib ishlayman. Menga murojaat qilganlar ichida sog‘lom bo‘la turib, 5-10 kunga kasallik varaqasi ochib bering, tirikchiligimni qilib olay deganlar topiladi. Oldindan bir narsani kuzatganman. Ko‘ngilchanlik qilib kasallik varaqasi berganlarim nima kasallik yozsam keyinchalik shu kasallik bilan og‘rishardi. Shundan so‘ng sog‘lom insonlarga meni yomon ko‘rishsa ham kasallik varaqasi bermaydigan bo‘lganman. O‘zim namozxon bo‘lganim uchun o‘ylab qolaman. Sog‘ odamga berilgan kasallik varaqasiga to‘langan pullar albatta xalol bo‘lmasa kerak. Lekin varaqa beradigan shifokorlar xam topiladi. Bu shifokorlar harom narsaga aralashib qolishmayaptimi ekan? Shariy yo‘l bilan qanday tushuntirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Soppa-sog‘ bo‘la turib kasallik varaqasi yozdirib olayotganlar gunoh ishga qo‘l urayaptilar. Shu sohta qog‘ozning ortidan topgan oyliklari ularga halol bo‘lmaydi. Bu dunyoda bu makrlari o‘zlariga o‘xshagan insonlarga o‘tayotgan bo‘lsa ham oxiratda Allohning huzurida o‘tmaydi, balki o‘zlarining zarariga xat-xujjat bo‘lib qoladi. Bularni yolg‘on ekanini bila turib yozib berayotganlar ham tengma-teng gunohkordirlar. Hadisi shariflarda bunday deyiladi:عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
22 Iyun 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 186 | Tabobat