G‘ayridinlar bilan bo‘lgan hodisa

Assalomu alaykum! Internetda millatimizdan bo‘lgan nasroniylarning guruhini ko‘rib qoldim va "adashuv"dagilarga befarq bo‘lmay o‘zlaring muqaddas kitoblaridan Xudoning bittaligi hamda Muhammad (s.a.v)ning bashoratlari berilgan oyatlardan iqtibos keltirdim. Ular savol beraverishardi, men esa o‘zlarining kitoblaridan iqtibos keltirib javob berardim, bu ko‘p marotaba takrorlandi. Gap shundaki, ular fitnali savol berganda "yuqoridagidek" javob bersam, boshqa fitnali savol berishadi. Ularga "yuqoridagidek" javob bersam, yana boshqa savol berishiga ishonchim komil. Savolim shuki, shu holatda bahsni tark etsam, dinimning sha’nini tushirib qo‘ygan bo‘lmaymanmi (xuddi javob berolmay yutqazgandek)? Ularga raddiya bermoqchi emas edim, lekin Payg‘ambarimiz munkar ishni ko‘rganda undan qaytarishga buyurganlar-ku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz etarli ilmga ega bo‘lmasangiz islom nomidan g‘ayridinlar bilan bahslashishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

28 Iyun 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar