Smartape banner

Namozimni qanday o‘qiyman?

Assalomu alaykum! Ikkita oilam bor, biri qashqadaryoda biri navoiyda, o‘zaro kelishilgan xolda ikki tomonga xam borib turaman. Qashqadaryoda ijarada turaman, Navoidagi uyim o‘zimniki, 22 kun Qashqadaryoda bo‘lsam 7-8 kun Navoida bo‘laman, shunda Navoiyga borganimga namozni qasr qilib o‘qiymanmi yoki to‘liq qilib o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki tomonda ham to‘liq o‘qiysiz, ikkisining orasidagi yo‘lda esa qasr o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
29 Iyun 2022, 13:16 | Savol-javoblar | 190 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar