Hozirgi ayollarga nasihat

Assalomu alaykum! Nomahramlardan ko‘zimni tiyar ekanman, ko‘zim doim pastda bo‘ladi (odam juda ko‘p bo‘ladigan joylarda). Guvohi bo‘lyapmanki, deyarli barcha avratini yopgan ayollar oyoqlarini ochiq qoldirishmoqda va bu meni ko‘zimni tiyishga xalaqit beryapti. O‘zi oyoq ham avratga kiradimi agar shunday bo‘lsa, iltimos, hozirgi ayollarga nasihat qiling.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘piqdan pasti avrat emas. Shahvatdan omonda bo‘lsa qarashning zarari yo‘q. Agar qadamning ustiga qarasa qarovchining shahvati qo‘zg‘aladigan bo‘lsa u uchun joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 181 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar