G‘usl taxorat

Assalomu alaykum! G‘usl qilishda og‘iz va buruni chaysh farz. G‘uslda taxorat qilganda og‘iz va burunni chaysa kifoyami yoki taxoratdan keyn yoki oldin aloxida chaysh kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘uslning avvalida tahorat qiladi, o‘sha tahorat vaqtida og‘iz va burunni chayishi g‘uslning farziga kifoya qiladi.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ يَبْدَأُ فَيَغْسِلُ يَدَيْهِ، ثُمَّ يُفْرِغُ بِيَمِينِهِ عَلَى شِمَالِهِ فَيَغْسِلُ فَرْجَهُ، ثُمَّ يَتَوَضَّأُ وُضُوءَهُ لِلصَّلَاةِ، ثُمَّ يَأْخُذُ الْمَاءَ فَيُدْخِلُ أَصَابِعَهُ فِي أُصُولِ الشَّعَرِ حَتَّى إِذَا رَأَى أَنْ قَدِ اسْتَبْرَأَ حَفَنَ عَلَى رَأْسِهِ ثَلَاثَ حَفَنَاتٍ، ثُمَّ أَفَاضَ عَلَى سَائِرِ جَسَدِهِ، ثُمَّ غَسَلَ رِجْلَيْهِ. رَوَاهُمَا الْخَمْسَةُ.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon junublikdan g‘usl qilsalar, avval ikki qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib, farjlarini yuvar edilar. Keyin esa namozga qiladigan tahoratlarini bajarar edilar. So‘ngra suvni olib, barmoqlarini sochlari ostiga kiritar edilar. Toki suv yaxshi etganiga ishonganlaridan keyin boshlari ustidan uch hovuch suv quyar edilar. Keyin qolgan badanlariga suv quyar, so‘ngra oyoqlarini yuvar edilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

4 Iyul 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar