Qaynona xaqlimi

Assalomu alaykum! Meni turmush qurganimga 3 yil bo‘lyabdi turmush o‘rtog‘im moskvada ishlaydi to‘yimizga 3 yil bo‘layotgan bo‘lsada xisoblasam 10 oy birga yashaganmiz xolos farzandim 1 oydan keyin 2 yosh bo‘ladi farzandim otasini birinchi marta 1 yoshdan o‘tganida ko‘rgan 2 oy birga yashashgan otasi bilan farzandim otasini judayam sog‘inadi lekin qaynonam bizni turmush o‘rtog‘im bilan birga ketishimizga ruxsat bermidi. Farzandim otasini sog‘inadi desam bu bola baloni biladimi, otani bilmidi, oilangni olib ketsang oq qilaman deyishgacha bordi. Turmush o‘rtog‘imni qaynonamni bizga nisbatan qilgan ishi to‘g‘rimi? Xozirda otamni uyidaman turmush o‘rtog‘im bizni olib ketmagandan keyin uyimdagilar bilan ota uyimga keldim. Turmush o‘rtog‘im ketib qolganim uchun javobingni berdim boshing ochiq degan so‘zlarni aytdi. Ilmli insonlardan taloq tushganini bildik, kelganimizga 8 oy bo‘ldiyamki qaynonam bizdan xabar xam olmadi, lekin turmush o‘rtog‘im taloq tushganini bilib turib meni uyiga borib qaynonamdan xabar olib kelgunicha kutib shu uyda yashashimni talab qilyabdi. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynonani bu qilgan ishi mutlaqo noto‘g‘ri. Holat ayni siz yozgandek bo‘lsa eringizni “javobingni berdim boshing ochiq” degan gapi bilan taloq tushgan. Uch hayz ko‘rib poklangunizcha iddangizni o‘tirishingiz shart. Iddadan keyin erning sizga hukmi o‘tmaydi. Uni uyiga borish yoki bormaslik ixtiyoringiz. Eringiz kelganidan keyin sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini puxta biladigan biror haqiqiy ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

4 Iyul 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 204 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar