Homiladorlikda nikoh o‘qitsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Erim homiladorlik vaqtimda 1marta talog‘imni berdi. Hozir homilam 5 oylik. Erim bilan nikoh o‘qitib yarashmoqchimiz. Homiladorlikda nikoh o‘qitsa bo‘ladimi? Agar qiz bo‘lsa otasiga, o‘g‘il bo‘lsa onasiga nikohlanib qoladi deb aytishdi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri aytishibdi. Homilador ayolga eri taloq qo‘ysa va taloqlar soni shu bilan uchtaga etmagan bo‘lsa qayta nikohlanishlari joiz. Vallohu a’lam!

14 Iyul 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 217 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar