Chaqaloqqa ism qo‘yishda otaga qarshi chiqish
Assalomu alaykum! Yangi dunyoga kelgan farzandimga otam mani onamni nomini qo‘yasan dep bir qarorga turib oldilar onalarini ismi (Bodom) bu ism balkim o‘sha paytlarda chiroyli va ma’noli bo‘lgandur, lekin xozirgi paytda bu ismni qo‘yish joizmas dep otamga qarshi chiqtim va uydagilar bilan kelishib Solixa dep ism qo‘ydik. Chunki qiz bola ismi jismiga mos bo‘lishi kerak ko‘chada yurish turushi bor. Katta bo‘lsa turmushga chiqishi bor voxo kazo. Silardan savolim otamni norozi qilib dilini og‘ritganim uchun oq padar bo‘ldimmi? 2-savolim men otamni gapini qilmay o‘z bilganimdan qolmay o‘z boshimchalik bilan Solixa ism qo‘yib kelganim to‘g‘ri ishmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Otangizni norozi qilib dilini og‘ritganingiz uchun oq padar bo‘lishingiz, otangizga bog‘liq. Shuning uchun siz u kishidan uzr so‘rab, roziliklarini oling.
2). Qilgan ishingiz noto‘g‘ri. Chunki otangiz sizni noshar’iy ishga buyurmagan. Otangiz Bodomxon deb chaqirsa, sizlar Soliha deb chaqirsangiz va hujjatlashtirsangiz ham bo‘ladiku. Bu janjal yoki ko‘ngilqoldiga sabab bo‘ladigan muammo emasku. Nahot shu otani ko‘nglini ranjitishga arzisa? Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar