Men ishlayotgan kompaniya LGBTga xayriya qilsa

Assalomu alaykum! Men Amerika qo‘shma shtatlaridagi katta bir kompaniyada dasturchi bo‘lib ishlayman va yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda men ishlayotgan kompaniya LGBT community support qilish uchun "hayriya" qilgani haqida habarni shu kompaniya sahifasida o‘qib qoldim. Men ishlayotgan kompaniya logistika sohasida bizness qiladi Agar kompaniyamni pul topish manbasi bunga bog‘liq bo‘lmasa lekin shunaqa "hayriya" ishlari uchun pul o‘tkazsa meni bu kompaniyadan olgan maoshim xalol bo‘ladimi? Kompaniya o‘z ishchilariga kompaniya ulushidan(stock) ham beradi. Bu ulushdan tushadigan pul men uchun halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olgan pulingizni hukmi kompaniya LGBTning tarafdorimi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar qiladigan ishiga bog‘liq. Agar kompaniyaning faoliyati shariatda man qilingan harom ish bo‘lsa, LGBTni tarafdori bo‘lmasa ham ishlashingiz joiz bo‘lmaydi. Agar tashkilot muboh bo‘lgan ish bilan shug‘ullansa va sizning ishingizga harom aralashmasa, agar LGBTning tarafdori bo‘lsa ham ishlashingiz joiz. Chunki asli egasi kofir, fosiq va fisqu fasodni qo‘llaydigan bo‘lsa ham, muboh ishlarda ishlashingiz joiz. Albatta taqvo qilganingiz afzal bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:20 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar