Voyaga etmaganlar namozi

Assalomu alaykum! Meni 9 hamda 11 yoshli jiyanlarim 5 mahal namozni qo‘ldan kelgancha qoldirmay o‘qishga harakat qilishyapti. Ularni maktabdagi darsi peshin payti boshlanadi. Darsga ketishidan oldin peshin vaqti kirmasidan namoz o‘qib darsga ketishsa bo‘ladimi? Voyaga etmagan bolalar tahoratni to‘lliq olishlari shartmi? Masjit uyimizdan uzoqroq dadam bamdot namoziga 9 yoshli jiyanimni piyoda olib ketadilar kunlar sovuqligi sababli tez tez shamollab qolyapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga joiz. Shart emas. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar