Homilador va emizikli ayol ro‘zasi haqida

Assalomu alaykum Shayh hazratlari, Savollarim quyidagicha: Homilador va emizikli ayol ro‘zasi haqida ushbu hadislarni o‘qigandim. 1Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Va u(ro‘za)ni qiynalib tutadiganlarga bir miskin taomini berish» oyati qari chol va qari kampirga tegishli ruxsatdir. Ikkovlari ro‘zani qiynalib tuturlar. Ular og‘izlarini ochib, har bir kun o‘rniga bir miskinga taom berurlar. Homilador va emizukli ayollar qachonki qo‘rqsalar, og‘izlarini ochurlar va taom berurlar». 2 Abu Dovud va Buxoriy tafsirda rivoyat qilgan.Anas roziyalloxu anxudan, rosulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: "Allox taolo musofirdan ro‘zani va namozning yarmini ko‘tardi, xomilador va emizuvchi ayoldan xam ro‘zani ko‘tardi". Termiziy rivoyati xasan saxix xadis. Termiziy aytadilar: ba’zi axli ilmlar dedilar: Xomilador va emizuvchi ayol ro‘za tutmaydilar, xar kun evazidan bir miskinni to‘ydiradilar keyin kazosini tutadilar. Bu so‘zni Sufyon, Molik, Shofeiy va Axmadlar aytgan. Ba’zilari esa ro‘za tutmaydilar, miskin to‘ydiradilar, kazosini tutib bermaydilar, agar xoxlasalar kazosini tutadilar va miskinlarni to‘ydirmaydilar- deganlar. Bu so‘zni Isxok aytgan. (Terimiziy 715- xadis) Xanafiy ulamolar nazdida ular ro‘za tutmasalar kazosini tutadilar, miskinni to‘ydirmaydilar". [/Shunda qanday yo‘l tutiladi, 1 Ro‘za qazosini tutish kerek bo‘lsa qachon va qancha muddat tutiladi? 2 Fidya berish kerak bo‘lsa qancha miqdorga kimlarga beriladi? 3 Fidyani hotinnig o‘z moliyasi bo‘lmasa eri beradimi uning uchun?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gap ro‘za kitobida aytib o‘tilgan. O‘sha erga qarang.

20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 177 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar