Namaz

Assalomu alaykum! Uztaz men namaz juma urganish uchun uyda ukirdim, mechetkayam bordim lekin yadlap alalmayapman, shuning uchin uyda ukisam boldimi. Xata kilishdan kurkaman namazda. Bir oy buldi ukimay kuydim uyda namaz juma xozir kasaldan chikmayapman. Nima kilsam toxri buladi Ustaz maslaxat bering iltimas. Aldindan Raxmat Allax rozi bulsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xato qilishdan qo‘rqmang. Masjiddagi odamlarni yarmi siz kabi bilmaydi. Katta jamoa ichida kimnidir namozi maqbul bo‘lsa sizni ham namozingiz qabul bo‘ladi. Iloji bo‘lsa jamoatdan qolmay hamma namozlarni masjidda o‘qing. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar