Fitr berishga qodir emasman

Assalomu alaykum! 2oydan beri karantinda ishlamaganligim sababli xozirda fitr sadaqasini berishga imkoniyatim yo‘q. Oziq ovqatni xam do‘kondan qarzga olyapman. Shuning uchun fitr sadaqani ishga chiqqanimda bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga berish vojib emas, aksincha olsangiz ham bo‘ladigan ekan. fitr sadaqasini berish ham zakot nisobini berishga qodir bo‘lganlarga. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 120 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar