Bemorni haqqi
Assalomu alaykum! Onam va qizimni 1 yil oldin onam ro‘za ekanlar, o‘sha kuni ramazon oyida lo‘li millatiga mansub kuyov qaynotasining lasetti avtomashinasida urib yuborgan. Mashina egasi puldor boy inson, lo‘li. Katta mexpurusht ekan. Onam pensioner. Qizim maktab o‘quvchisi. Qizim va o‘g‘limni onam boqib qarashadi. Men turmushga chiqib ketganman. Singlim va mendan boshqa farzandlari yo‘q. Avtohalokatdan keyin kasalxonada 9 kungina yordam berdi xolos, urgan inson. Onam 3 oy kasalxonada davolandilar. Katta va kichik operatsiyalar o‘tkazdilar. Qizim qiyinchilik bilan oyoqqa turdi, lekin ulardan yordam bo‘lmadi. Qizim 40 kun yotdi kasalxonada. Sudga berdik puldan yordam bersin deb. Sud hukmi zararni qoplash, etkazgan shikastiga deb 15 million pul chiqardi. Puldan darak yo‘q. Yana qayta berdik. 3 million chiqardi sud. Hozirgacha onam davolandilar va yana davolanishlari kerak. Yotgan paytlarida kasalxonada har kuni pul ketdi. Ular yordam bermadi. Qo‘llari yaxshi ishlamay qoldi, karaxt. 1 yil deganda MIB xodimlari besh yuz ming so‘m undiribdi. Onamni urgan inson sms jo‘natibdi “ro‘zagacha bormagin” deb qarg‘abdi pul berganiga. Onam “bekor olyapman shekilli” deb o‘ylanyaptilar. Pulni olishimiz noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onangiz mazluma hisoblanadi, qaysi a’zosi ishlamagan bo‘lsa yoki zarar etgan bo‘lsa o‘sha a’zolarining badalini to‘latib olishiga Allohning nazdida ham haqqi bor. "Kifoya" kitobidan quyidagicha kelgan:
Burunga, erkaklik a’zosining uchiga, aqlga, his qilish a’zolaridan biriga, tilga – ko‘p harflarning to‘g‘ri talaffuzini man etadigan qilib va soqol hamda sochga qayta o‘smaydigan qilib talafot etkazilganda, to‘liq diya to‘lanadi.
«His qilish a’zolari» deganda ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hidlash va ushlab ko‘rishlar qasd qilingan.
Agar jinoyat insonning kamolot sifatlaridan biriga talafot etkazgan bo‘lsa, insonning joniga teng ko‘rilishi oqibatida yuqoridagi hukm qabul qilingan.
Albatta, bu hukm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilingan rivoyatdan olingan: عَنْ عَمْرِو بْنِ حَزْمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ: وَفِي كِتَابِ النَّبِيِّ إِلَى أَهْلِ الْيَمَنِ: «أَنَّ مَنِ اعْتَبَطَ مُؤْمِنًا عَنْ بَيِّنَةٍ، فَإِنَّهُ قَوَدٌ، إِلَّا أَنْ يَرْضَى أَوْلِيَاءُ الْمَقْتُولِ، وَأَنَّ فِي النَّفْسِ الدِّيَةَ مِائَةً مِنَ الْإِبِلِ، وَفِي الْأَنْفِ إِذَا أُوعِبَ جَدْعُهُ الدِّيَةُ، وَفِي اللِّسَانِ الدِّيَةُ، وَفِي الشَّفَتَيْنِ الدِّيَةُ، وَفِي الْبَيْضَتَيْنِ الدِّيَةُ، وَفِي الذَّكَرِ الدِّيَةُ، وَفِي الصُّلْبِ الدِّيَةُ، وَفِي الْعَيْنَيْنِ الدِّيَةُ، وَفِي الرِّجْلِ الْوَاحِدَةِ نِصْفُ الدِّيَةِ، وَفِي الْمَأْمُومَةِ ثُلُثُ الدِّيَةِ، وَفِي الْجَائِفَةِ ثُلُثُ الدِّيَةِ، وَفِي الْمُنَقِّلَةِ خَمْسَ عَشْرَةَ مِنَ الْإِبِلِ، وَفِي كُلِّ أُصْبُعٍ مِنْ أَصَابِعِ الْيَدِ وَالرِّجْلِ عَشْرٌ مِنَ الْإِبِلِ، وَفِي السِّنِّ خَمْسٌ، وَفِي الْمُوضِحَةِ خَمْسٌ، وَأَنَّ الرَّجُلَ يُقْتَلُ بِالْمَرْأَةِ، وَعَلَى أَهْلِ الذَّهَبِ أَلْفُ دِينَارٍ». رَوَاهُ النَّسَائِيُّ وَصَاحِبَاهُ Amr ibn Hazmdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ahli Yamanga yuborgan maktublarida:
«Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa va bu sobit bo‘lsa, albatta, u o‘limga haydab boriladi. Magar, o‘ldirilganning valiylari rozi bo‘lsalar, haydalmaydi. Albatta, bir jon uchun xun yuzta tuyadir. Burunda, agar u tag-tugi bilan ko‘chirilgan bo‘lsa, to‘liq xun, tilda to‘liq xun, ikki lab, ikki moyak va zakarda ham to‘liq xun. Sulbda ham xun. Ikki ko‘zga ham to‘liq xun. Bir oyoqda yarim xun. Bosh miya qobig‘igacha yorilganda uchdan bir xun. Qorin, bosh va orqa tomon bo‘shliqlari yorilganda uchdan bir xun. Suyakkacha teri shilib qo‘yilganda o‘n beshta tuya. Qo‘l va oyoqning har bir barmog‘iga o‘ntadan tuya. Tishda beshta. Aybdor a’zolarda beshta. Ayol kishini o‘ldirgan erkak ham o‘ldiriladi. Oltin egalari xunga ming dinor beradilar», deyilgan edi».
Nasoiy va uning ikki sohibi rivoyat qilishgan.
Takrorni chetlab o‘tish maqsadida avval o‘rganilmagan masalalarga qisman to‘xtalib o‘tamiz:
1. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Yamanga o‘xshash ba’zi yurtlarga shariatning ma’lum hukmlarini bayon qiluvchi maktublar yuborgan ekanlar.
2. «Sulbda» degani, umurtqa pog‘onasida degani. Ya’ni birov ikkinchi shaxsning umurtqa pog‘onasini sindirib qo‘ygan bo‘lsa, butun boshli kishini o‘ldirgandek xun to‘laydi.
3. Birov ikkinchi shaxsning ikki ko‘zini ishdan chiqarsa, to‘liq xun to‘laydi.
4. Birovning go‘shtini suyagidan ajratib, suyak ustidaga pardaning shilinishiga sabab bo‘lsa, xuniga o‘n beshta tuya berishi shart bo‘ladi.
5. Birovning aybdor a’zolariga zarar etkazgan, misol uchun, ko‘rmaydigan ko‘zni o‘yib olgan, qurt egan tishni urib tushirgan yoki shol qo‘lni kesgan kishi xunga beshta tuya beradi.
6. Bir erkak ayol kishini qasddan o‘ldirgan bo‘lsa, uni ham qasos tariqasida o‘ldiriladi.
7. Birovning tilini ishdan chiqargan odam ham bir odamni o‘ldirgan kabi to‘liq xun to‘laydi.
8. Birovning ikki labini ishdan chiqargan ham to‘liq xun to‘laydi.
9. Erkak kishining ikki tuxumini yoki zakari(jinsiy olati)ni ishdan chiqargan odam ham to‘liq xun to‘laydi.
Xuddi shuningdek, badanda ikkitadan bo‘ladigan a’zolarda to‘liq va ulardan birida yarim diya to‘lanadi.
Ikki ko‘zning qovoqlariga to‘liq diya va bittasinikiga to‘rtdan biri.
Har bir barmoqqa o‘ndan biri.
Bosh barmoqdan boshqasining har bo‘g‘iniga uchdan biri.
Bosh barmoqnikiga va har bir tishga yarmi.
Zarba tufayli manfaatsiz bo‘lib qolgan har bir a’zoga o‘sha a’zoning to‘liq diyasi beriladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar