Vasvasadan qanday qutilay?

Assalomu alaykum! Alxamdulillax o‘zim namoz o‘qiyman. Sizlar to‘g‘ri deb aytgan ishni qilishga,tavsiya qilgan kitoblarni o‘qib to‘g‘ri yo‘lni topishga xarakat qilyapman. Bu uchun sizlarga katta rahmat. Ammo ba’zan javoblarni o‘qib Islom diniga to‘liq amal qilib yashash xozirgi kunda juda qiyindek tuyuladi. Ichimda qo‘rquv paydo bo‘ladi. Aslida dinimiz xar qanday qiyinchilikdan va kamchilikdan xoli bo‘lgan mukammal dinku. Bu vasvasadan qanday qutilishni bilmayapman. Iltimos menga yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida ham shunday. Qo‘rqib yashaydigan holatdamiz. Ko‘proq ilm o‘rganib, o‘rganganimizga o‘sha zahoti amal qilib borsak in shaa Alloh, Allohning fazlidan bebahra qolmaymiz. Masalan biror hadisda biror namoz aytilgan bo‘lsa o‘sha zahoti o‘qiylik. Biror ish gunoh deb aytilgan bo‘lsa va bizda sodir bo‘layotgan bo‘lsa o‘sha zahoti tavba qilaylik. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 165 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar