Boshqa do‘konga xaridor jo‘natish

Assalomu alaykum! Agar siz sotuvchi bo‘lsangiz, men sababli xaridor sizdan aytaylik 100.000 narsa oldi va yana men sababli 100.000 lik narsani 90.000 qilib berdingiz. Men sizga xaridor olib borganim uchun siz xaq olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Otkat deb nomlangan balo hozirgi kunda o‘lat kabi yurtmizga tarqalibdi. Bu ochiq-oydin harom. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 14:09 | Savol-javoblar | 123 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar