Cavob uchun yordam
Assalomu alaykum! Ustoz men chet tili o‘qituvchisiman, xusisiy maktabda ishlayman.(bu gap birovga bildirish maqsadida aytilmayapti) Bir kun bir kishi keldi, bollarini repititorga berishga sharoiti yo‘qligini ayti va men bundan xursand bo‘ldim va farzandlarini behijolat jo‘nataverishini aytgandim. O‘quv yili boshida, o‘sha paytlar men o‘quv markazni yuritar edim, u kishini bolaridan pul olmasdim va markazga ham to‘lamasdim. Ozgina vaqt o‘tgandan keyin, o‘quv markazga menejer keldi, undan keyin u kishiga aytolmadim, o‘shandan beri faqat savob uchun pul to‘lab kelaman. Ammon bir kuni onalari keldida ma’lum miqdorda pul olib keldi va qo‘ymasdan berib ketdi. Men qancha olmayman desam ham baribir berib ketdi. Ajrini faqat Allohdan kutish kerakligini bilaman, lekin bir kuni hayolimga "Bir kun kelib yordamlari tegib qolar" degan fikr keldi. Menga beriladigan savobdan umid qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘quv markazining haqini to‘lang yoki roziligini oling. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 149 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘quv markazining haqini to‘lang yoki roziligini oling. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 149 | Ta’lim va muta’allim