Fotihauz

Assalomu alaykum! Zikr ahlidan so‘rang kanali Fotiha.uz kanaliga o‘zgarib qoldi. Biz yana zikr ahlidan so‘rang kanaliga a’zo bo‘ldik. Fotiha.uz kanali musulmonlar idorasi yoki siz ustozlar tasarrufidami? Bu kanalda ham ishonchli ma’lumotlar berib boriladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizni tasarrufimizda emas. U kishi shu kanalni ma’lumot qo‘yuvchisi vazifasida edi. A’zolari ko‘paygach reklama orqali pul topishni ixtiyor qildi. Biz Zikr ahlidan nomini o‘zimizga qaytarishini va kanaliga boshqa nom topib bemalol xohlaganini qilishini aytdik. Bundan buyon undagi narsalarga biz mas’ul emasmiz, bizga hamkor ham emas. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:29 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar