Jigar tserrozi holda ro‘za tutish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, doktorlar menga jigar tserrozi tashxisi qo‘yishgan va ro‘za tutishni man qilishyabdi. Ro‘za tutmasam gunoxidan qo‘rqyabman. Alloh shifo berib tuzalsam qazosini tutib beramanmi va necha kun qazosini tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tutib ko‘riladi, shariatimiz haqiqatan ro‘za tutishga ojiz bo‘lgan kishilarga sog‘ayganida qazolarini tutib berishni farz qilgan. Tuzalishdan noumid bo‘lgan kishilarga esa fidyasini berishi vojib bo‘ladi. Bir kunlik ro‘zaning fidyasi miskinning bir kunlik - saharlik va iftorlikdagi taomi hisoblanadi. Bu, hanafiylar ijtihodiga ko‘ra, o‘rtacha hisobda, yarim so‘ (1.632 gramm) bug‘doyga to‘g‘ri keladi. Fidya beruvchi hohlasa buning qiymatini berishi ham mumkin. Bir vaqt namozning fidyasi ham shuncha. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:13 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za