Aka-uka, opa-singil quda bo‘lishi haqidagi oyat

Assalomu alaykum! Qur’onda bir oyatda (aka-uka opa singil aka singil bir birlari bilan quda bo‘lishligi harom degan oyatni ko‘rganidim. Shuni bilib turub nikoh o‘qiyotgan domlalar bor. Shunga qanday munosabat bildirish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri o‘qibsiz. Qur’oni karimda “aka uka, opa singil aka singil bir birlari bilan quda bo‘lishligi harom” degan joyi yo‘q. ehtiyot bo‘ling. Bir nimani gapirishdan oldin xususan oyat va hadisdan gapirishdan oldin yaxshilab o‘ylang va ko‘p bor tekshiring. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:54 | Savol-javoblar | 248 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar