Ehsonga so‘yilgan qo‘y
Assalomu alaykum! Ustozlar, yaqinda qaynatamni berib qo‘ydik. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Shunga qaynonam va o‘g‘illar ehson qilishdi. Qaynonam o‘g‘illari yosh va bunaqa ishlar qilib yurishmagani uchun o‘zlari bosh-qosh bo‘ldilar. Qo‘y obkelib so‘yildi. Kimdir qaynonamga ehsonga so‘yilgan qo‘yni kilosini o‘lchab bo‘lmaydi deyishibdi. Shu to‘g‘rimi? Qo‘y so‘yilgandan keyin uyimizni kattalari shu qo‘yni qonidan uyimizni ba’zi joylariga sal sal tekizib chiqishdi : «Uyimizga baraka kirsin, Allohim farzandlarimmi qo‘yla so‘yib shunaqa ehsonla qilishga qodir qilsin» deb. Bu gunoh emasmi? Bu ish ko‘nglimda shubha uyg‘otdi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savob umidida ochlarni to‘ydirib, savobini o‘tganlarga bag‘ishlash shariatimizda bor amal. Bunga targ‘ib ham qilingan. Bundan boshqa hammasi bekorchi va shariatimizda yo‘q ishlar. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 127 | Halol va harom