So‘yishga oid
5. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namozgohda qurbon namoziga hozir bo’ldim. U zot hutbalarini tugatib, minbarlaridan tushganlarida bir qo’chqor keltirildi. Bas, U zot uni o’z qo’llari bilan so’ydilar va: “Bismillahi va Allohu Akbar. Bu mendan va mening qurbonlik qilmagan ummatimdan”, dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.” Ushbu ikkala iqtibosni qandoq tushunmoq darkor ? Yani ular bir-biriga hilof emasmi ? Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xilof emas. Birinchi gap ommaning bilimsizligi tufayli noto‘g‘ri tasarruf qilib qo‘yishini oldini olish uchun bizga o‘xshagan diyorlar ulamolarining ehtiyot chorasi.
7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom