Dushmanlarga javob

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar men xozirda Rossiyada yashayman. Din dushmanlari bilan bo‘lgan bellashuvda bazi savollarga javob topolmay sizlardan yordam so‘ramoqdaman. 1) Kun 23soat davom etadigan mamlakatlarda yashovchilar qanday qilib ro‘za tutishadi? 2) Kosmonavtlar orbitaga chiqqan paytlarda ro‘za va namozini qanday ado qilishadi? Kosmosda quyosh chiqishi va botishi degan narsa yo‘q va namozning shartlaridan biri qiblaga yuzlanishlik topilmay qoladi. 3)    Kak chitat namaz na Gavayyax? Gavayi raspolojenы tochno na drugom kontse zemli po otnosheniyu k Kible. Chtobы chitat namaz v Gavayyax, nujno chitat v storonu yadra Zemli.
Ustozlar ilmsizligim tufayli ularga javob berolmay qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Din nihoyatda sodda va hamma vaqt hamma insonga mosdir. 23 soat kunduz bo‘ladigan mamlakatdagilar qodir bo‘lsalar tutadilar, agar mjozlari ko‘tara olmasa kunlari qisqa bo‘lgan vaqtda qazosini tutib beradilar. 2). Komosdan qiblani topish qiyin emas. Turgan joyidan qiblaga qarab namoz o‘qiyveradi. Tahminan vaqtni belgilab ro‘za va namozlarini ado qilaveradi. Bunga fuqaholar dajjol chiqqan kunda bir kun bir yilga cho‘zilishi haqidagi hadisni dalil qilishgan. 3). Turgan joyidan qaysi tarafga yuzlansa qibla yaqin bo‘lsa o‘sha tarafdan yuzlanaveradi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 136 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar