Umra safaridagi namoz
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, umra ziyoratiga bizni yurtimizdan borgan ziyoratchi namozni qanday o‘qimog‘i kerak? Bir birodarimiz biz mehmonxonada o‘qisak qasr o‘qidik, Masjidi Nabaviyada o‘qisak to‘liq o‘qidik dedilar. Lekin shu payitgacha bilolmadim qanday o‘qish kerakligini deb aytdilar. Ellikboshidan so‘ragani imkon bo‘lmadi. Yo o‘zi aytmadi dedilar. Bunday holatda qanday o‘qiladi? Alloh rozi bo‘lsin! Rahmat javob uchun!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir joyda 15 kecha va kunduzdan kam turishni niyat qilgan odam namozlarini yolg‘iz o‘qiganda yoki musofir imomga iqtido qilganida qasr qilib o‘qiladi. Ya’ni to‘rt rak’atli farzlarni ikki rak’atdan qilib o‘qiydi. Agar muqim(musofir emas) bo‘lgan imomga iqtido qilsa, imom bilan bir xil o‘qiydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 195 | Ibodatlar