Bu qanday holat?

Assalomu alaykum! Ushbu yorug‘ kun barchangizga muborak bo‘lsin. Savolim shuki: Bir hodisa mazmunini anglay olmadim. Bir necha kun avval ishdan chiqqan vaqtim uyga ketish uchun taksiga chiqdim. Yo‘lda o‘zaro suhbat qildik. Xaydovchi masjidga xufton namoziga ketayotganliklarini ma’lum qildilar va yo‘l yo‘lakay turli insonlar haqida gapirdilar. Manzilga etganimda esa ularga yirikroq pul berdim va u kishi kelishganimizdan biroz ko‘proq haq olib qoldilar. Men u pulga roziman, konglimga olmay ha mayli deya qoldim. Biroq mendan besoroq bu ishni qildilar. Shu holat yuzasidan mening indamasdan ho‘p deganim va rozi bo‘lganim ular uchun halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol emas. Bunday qilmaslik kerak. sizning ko‘ngilchan ekanligingiz uning xulqini buzilishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 126 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar