Jonivorlar kasal bo‘lib qolganda

Assalomu alaykum! Allah  sizlardan  rozi  bo‘lsin.  Sovolim  quydagicha: Biz  uyda  jonivorlar  yani  qo‘y, quyon va tovuqlar  boqamiz.  Shunday  vaziyatlar  bo‘ladiki,  homilador  qo‘y  yoki  bolasi  kasal  bo‘lib  yoki  ma’lum  bir  sabablarga  ko‘ra  og‘ir  ahvolga  tushib  qoladi.  Shunday  vaziyatda  qanday  yo‘l  tutish kerak?  Bu savolni  yo‘llashimga  sabab  xalqimizda  bir  gap  bor,   balo  kelsa  uyda  boqilayotgan  jonivorlarga  uradi degan.  Shu  kattalardan  eshitgan  gaplar  uchun  shunday  vaziyatlar  bo‘lib  qolganda ikkilanib  qolamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu vaqtda shariat, “So‘yib, halollab go‘shtini englar” deydi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar