Mumkin emasmi ?

Meni bir savol juda qattiq o‘ylantirib qo‘ydi. Men har kuni Qur’on o‘qib duolarimda “Avvalambor Allohning roziligi uchun, keyin esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ruhi poklariga, keyin sahobalar, tobe’inlar, taba’ tobe’inlar va hokazo va oxirida o‘tgan jamiki qarindoshlarimiz va o‘tgan opoqimlarning ruhi poklariga baxshida qildim” deyman. Bir kishi “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Qur’on savobini bag‘ishlab bo‘lmaydi. Keyin benamoz odamga ham, Qur’on o‘qigan odam gunohkor bo‘ladi. Bunga hujjat qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onalari uchun mag‘firat so‘raganlarida Alloh ruxsat bermagan” dedi. Sizdan iltimos ustoz shu savolga javobni o‘zingizdan eshitib ko‘nglim taskin topsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlash ixtilofli masala. Boshqalarga bo‘ladi.

28 Iyul 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 134 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar