Tutilmagan ro‘zaga kafforat

Assalomu alaykum! Ustozlar, yoshlikda tuta olmagan ro‘zalarmizni tiriklik paytimizda kafforat pulini berib olsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tutishga qodir bo‘lsangiz tutishingiz farz. Tutolmagan ro‘zalarga fidya berish ro‘za tutishga qodir bo‘lmagan va tuzalishidan umid qolmagan bemorlar uchun. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar