Bani Isroil qavmi
Assalomu alaykum! Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Savolim Bani Isroil qavmi haqida. Bani Isroil qavmi Muso alayhissalam bilan birga Nil mo‘jizasi va Fir’avn o‘limidan keyin Falastinga hijratga chiqqan va Siyna yarim orolida 40 yil adashib yurishgan dedi. Men buning sababibini 2ta mar’uzada 2 xil eshitdim. Birinchisida aytdiki Nil mo‘jizasidan keyin Bani Isroil qavmi yana shirk amalini qilgan, hatto Muso alaihissalamga bizga iloh qilib ber va biz unga sig‘inaylik deb aytgan. Va Alloh ularni kibrlari, tavhidni inkor qilganliklari sabab sahroda 40 yil adashtirgan deb aytdi. Ikkinchi mar’uzada esa Yusuf alayhissalam Bani Isroil qavmidan «Agar Misrdan hijrat qilib chiqib ketsangizlar mening jasadimni ham olob chiqib ketinglar» deb ahd olgan va ahdni unutganliklari. Shuning uchun adashgan dedi. Bu ikkisi haqida qaysisi to‘g‘riroq? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchisi to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
28 Iyul 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 203 | Siyrat va tarix
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchisi to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
28 Iyul 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 203 | Siyrat va tarix