Qon quyish bo‘yicha bir ayolning savoli

Assalomu alaykum! Qon quyish bo‘yicha bir ayolning savoli: 1) Kofir kishining qoni musulmonga xarommi? Negaki kofir turli narsalarni iste’mol qilgan bo‘ladi, ya’ni asli harom bo‘lgan narsalarni, va ma’nan harom narsalarni (Allohning nomi zikr qilinmagan go‘shtlarni, yoki ribodan tushgan foydani. Yana, ko‘p holda ko‘rganmiz, qon topshirish joylarida aroq ichuvchi erkak va ayollar o‘sha ichkilik uchun pul topish maqsadida qon topshirishardi. Do‘xtirlar ularni tekshirsa-da, lekin ularning qachon ichgani bilan uncha qiziqishmas ekan, ya’ni hozir mast bo‘lmasa bo‘ldi, chunki boshqa qon topshiruvchilarning o‘zi yo‘q hisobi, — eng uzog‘i bilan bir kun oldin ichmagan holda bo‘lishadi, biz esa bilamizki, inson tanasida iste’mol qilgan narsasi kamida 72 soat davomida qonida turadi, jismi esa 40 kundan keyin poklanadi shuning uchun shuncha muddat namozi qabul bo‘lmaydi). 2) E’tiqodidan qat’iy nazar, muslima ayolga begona erkakning qonini, yoki musulmon erkakka begona ayolning qonini quyish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zarurat vaqtida zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar