Ayoli bilan ketayotganda tegajoklik kilish

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari!Assalomu alaykum shayx janoblari qimmatil vaqtingizni biz omi odamlar uchun ajratib savollarimizga javob berayotganingiz uchun ollox azza va jallaning uzi ajri mukofotini bersin Xurmatli shayx janoblari quyida ayrim postlarni o‘qiganimda musilmon musilmon bilan sukishsa fosiqlik bo‘ladi urishsa kufr bulib dindan chiqish mumkin deb yozibsiz. Biroq shunaqa holatlarnixam ko‘rmoqdaman yo‘ldan kuppa kunduz kuni eri-xotin ketayotganda ayol chiroyli bo‘lsa erini oldiga shaxvoniy gaplarni gapirib erini nafsoniyatiga tegishi oqibatida urishlar bo‘lib ketmoqda. Mazkur holatlarda (eri-xotin ketayotganda ayoliga tegajoqlik qilsa yoki shaxvoniy gaplarni gapirsa) shunda eri ori uchun urishsa bo‘ladimi yo indamasi xotinini xar kuyda so‘kinishli so‘zlar bilan xaqoratlasa xam yo‘lida ketish kerakmi.Uzr agar ko‘nglingizga tegadigan qo‘pol xarakat qilgan bo‘lsam.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunda sharafini himoya qilish bo‘ladi. Mazkur ahmoqning ta’zirini berish kerak.

28 Iyul 2022, 10:08 | Savol-javoblar | 181 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar